Toshkent shahrida voleybol bo‘yicha erkaklar va ayollar o‘rtasida o‘tkazilgan O‘zbekiston Kubogi musobaqasi o‘z yakuniga yetdi
Toshkent shahrida voleybol bo‘yicha erkaklar va ayollar o‘rtasida o‘tkazilgan O‘zbekiston Kubogi musobaqasi o‘z yakuniga yetdi.
Musobaqa davomida jamoalar kubok uchun murosasiz bahslarda ishtirok etib, o‘z mahorati va jamoaviy hamjihatligini namoyon etdilar. Yakunda g‘olib va sovrindor jamoalarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi
AYOLLAR BOʻYICHA:
1-o‘rin — Xorazm viloyatining UrDU sport klubi
2-o‘rin — Andijon viloyatining ADPI sport klubi
3-o‘rin — Buxoro viloyatining BuxDU sport klubi
ERKAKLAR O‘RTASIDA:
1-o‘rin — Buxoro viloyatining BuxDU sport klubi
2-o‘rin — Ichki ishlar vazirligi Akademiyasining IIV Akademiya sport klubi
3-o‘rin — Ichki ishlar vazirligi Humo VC sport klubi
Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindor jamoalar munosib taqdirlanib, ularga kuboklar medal va estalik sovgʻalar topshirildi
Musobaqada qatnashgan barcha jamoalarga kelgusi bahslarda omad va yangi zafarlar tilaymiz!