locale OZ

Toshkent shahrida jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirish yuzasidan kengaytirilgan yig‘ilish o‘tkazildi

Hisobotlarning shakllanishi va ularning haqqoniyligi masalalari muhokama qilindi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Toshkent shahrida jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirish yuzasidan kengaytirilgan yig‘ilish o‘tkazildi
Фото: Спорт вазирлиги

Poytaxt hokimiyati majlislar zalida oʻtkazilgan yig‘ilishda Toshkent shahar hokimi Shavkat Umurzakov, Sport vaziri Adkham Ikramov, MOQ raisining birinchi oʻrinbosari Otabek Umarov, sport maktablari direktorlari, sport federatsiya va assotsiatsiyalar rahbarlari, seleksioner trenerlar ishtirok etdilar.

Tuman hokimliklari studiyalaridan tuman yoshlar ishlar bo‘limi rahbarlari, mahalla yoshlari yetakchilari, mahalla uyushmasi rahbarlari, oliy ta’lim, maktabgacha va maktab ta’limi tizim mas'ullari, tuman tibbiyot birlashmalari, “Inson” markazlari rahbarlari ishtirok etdi.

Yigʻilishda Sport vaziri tomonidan “Besh tashabbus olimpiadasi”ning 2026-yilgi mavsumiga start berilganligi ta'kidlanib, ushbu yoʻnalishda amalga oshirilayotgan ishlar Toshkent shahridagi har bir tuman kesimida taqdimot ko’rinishida tushuntirildi.

Shuningdek, “Besh tashabbus olimpiadasi”ning o‘tgan yilgi mavsumida Toshkent shahri faol qatnashgani, bunda nafaqat sport maktablari, balki mahalladagi yoshlar yetakchilarining ham fidoyi xizmati borligi taʼkidlandi.

Xususan, "Besh tashabbus olimpiadasi" sport musobaqalarida mahalla yoshlarining faol ishtirokini ta'minlab, ularning yuqori natajalarga erishishiga hissa qo'shayotgan Mirzo Ulug‘bek tumani yoshlar yetakchisi, trener-seleksioner va mahalla faollari, ijtimoiy hodimlari o‘z tajribalari bilan o'rtoqlashishdi.

Yig‘ilishda “Besh tashabbus paralimpiadasi” sport musobaqalarini samarali tashkil etish va aholini ommaviy sportga keng jalb etish masalalari ham muhokama qilindi.

Shuningdek, yig‘ilishda 2025-yilda o‘tkazilgan “Prezident olimpiadasi” sport musobaqalarida Toshkent shahar sportchilarining erishgan natijalari ham tahlil qilindi.

MOQ raisi oʻrinbosari Sherzod Tashmatov tomonidan joriy yilda 21 ta sport turi boʻyicha oʻtkaziladigan musobaqalar haqida taqdimot oʻtkazildi. Yigʻilishda sport federatsiyalariga barcha sport turlari boʻyicha yosh sportchilarga yaratilgan sharoitlar va mavjud muammolarni tahlil qilish boʻyicha topshiriq berildi.

Sport vazirligi tomonidan amaliyotga joriy etilgan “ERP Sport” yagona elektron boshqaruv tizimi orqali yoshlarni ro‘yxatdan o‘tkazish, hisobotlarning shakllanishi va ularning haqqoniyligi masalalari muhokama qilindi.

Yigʻilishda oliy ta’lim tashkilotlari oʻrtasida “Yangi Oʻzbekiston talabalari olimpiadasi”ni oʻtkazish yuzasidan ham taqdimot oʻtkazilib, ushbu musobaqalarda Toshkent shahridagi oliy oʻquv yurtlari talabalari ham faol ishtirok etishi zarurligi ta’kidlandi.

Yig‘ilish yakunida mas’ullarga ommaviy sport qamrovini kengaytirish, yoshlarni musobaqalarga keng jalb etish, elektron ro‘yxatga olish tizimida shaffoflikni ta’minlash, berilgan topshiriqlar ijrosini ta'minlash bo‘yicha aniq ko‘rsatmalar berildi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting