Toshkent shahrida badminton bo‘yicha U-13 va U-15 o‘g‘il bolalar hamda qizlar o‘rtasida shaxsiy-jamoaviy O‘zbekiston kubogi boshlandi
O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2025 yilgi sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlari kalendar rejasiga asosan, Toshkent shahrida badminton bo‘yicha U-13 va U-15 o‘g‘il bolalar hamda qizlar o‘rtasida shaxsiy-jamoaviy O‘zbekiston kubogi boshlandi.
Poytaxtimizdagi “Badminton markazi”da o‘tkazilayotgan musobaqada 14 ta jamoa qatnashmoqda. Xorazm viloyati terma jamoasi 12 nafar sportchidan tashkil topgan bo‘lib, 10 nafari SO‘TЕAISM (trenerlar Mansur Madrimov, Abdulla Abdullayev) va 2 nafari Hazorasp SM (trener Xurshid Yaqubov) tarbiyalanuvchilaridir.
Xorazmliklar jamoaviy birinchilikning A-guruhida Qoraqalpog‘iston respublikasi, Sirdaryo, Farg‘ona, Buxoro, Samarqand va Surxondaryo viloyatlari jamoalariga qarshi kortga chiqishadi.
Bugun yosh badmintonchilar Samarqand, Buxoro va Farg‘ona viloyatlari vakillari bilan kuch sinashib, uchalasini ham bir xil, 3:0 hisobida yengishdi.