Toshkent shahrida badminton bo‘yicha Markaziy Osiyo chempionati bo‘lib o‘tadi
Turnir 16-22 sentyabr kunlari bo‘lib o‘tadi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Фото: Спорт вазирлиги
Xalqaro badminton federatsiyasi Osiyo mintaqasi bo‘yicha vitse-prezidenti Jassim Kanso Toshkentga tashrif buyurdi.
Joriy yilning 16-22 sentyabr kunlari poytaxtimizdagi Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sport kompleksida bo‘lib o‘tadigan musobaqalarga ko‘rilayotgan qizg‘in tayyorgarlik jarayonlari Sport vaziri o‘rinbosari Shahrillo Mahmudov va xorijiy mehmonlar ishtirokida ko‘zdan kechirildi.
Badminton bo‘yicha Markaziy Osiyo chempionatida U15, U17, U23 yosh toifalarida O‘zbekiston, Tojikiston, Turkmaniston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Eron va Mo‘g‘uliston jamoalari ishtirok etadi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist