locale OZ

Toshkent shahri mezbonlik qilgan U18 yosh toifasidagi Osiyo sohil voleyboli chempionati nihoyasiga yetdi

100 nafardan ortiq yosh sportchilar Osiyo chempionligi uchun bahs olib bordilar.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Toshkent shahri mezbonlik qilgan U18 yosh toifasidagi Osiyo sohil voleyboli chempionati nihoyasiga yetdi
Фото: Спорт вазирлиги

Olimpiya shaharchasida boʻlib oʻtgan musobaqa yuqori saviya, keskin raqobat va yorqin sport lahzalari bilan voleybol ixlosmandlariga unutilmas taassurotlar ulashdi.

Mazkur chempionatda Osiyo voleybol konfederatsiyasiga a’zo davlatlardan jami 15 ta terma jamoa ishtirok etdi. Musobaqalarda 25 ta o‘g‘il bolalar va 23 ta qizlar jamoalaridan 100 nafardan ortiq yosh sportchilar Osiyo chempionligi uchun bahs olib bordilar.

Yakuniy natijalarga ko‘ra:

Qizlar o‘rtasida:
Xitoy
Avstraliya
Qozog‘iston

O‘g‘il bolalar o‘rtasida:
Avstraliya
Qozog‘iston
Qatar

Ushbu chempionat mamlakatimizda sohil voleyboli tobora rivojlanib borayotganini, O‘zbekiston esa yirik xalqaro musobaqalarni yuqori saviyada tashkil eta oladigan davlatlardan biriga aylanayotganini yana bir bor namoyish etdi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting