locale OZ

Toshkent sambo bo'yicha nufuzli turnirga mezbonlik qiladi

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Toshkent sambo bo'yicha nufuzli turnirga mezbonlik qiladi
FОТО: ITAR-TASS

Joriy yilning 14-aprelidan 20-apreligacha Toshkent shahrida sambo bo'yicha Osiyo-Okeaniya chempionati bo'lib o'tadi. Bellashuvlar “Yunusobod” sport majmuasida tashkil etiladi.

Bahslarda Osiyo va Okeaniya mintaqasining 25 ga yaqin mamlakatidan 600 nafardan ortiq sambochi ishtirok etishi kutilmoqda.

Janglar 14-aprel kuni soat 09:00 da start oladi. Kunning birinchi yarmida saralash bahslari o'tkazilsa, soat 16:00 dan so'ng medallar uchun janglar bo'lib o'tadi.

Shuningdek, turnirning ochilish marosimi 15-aprel kuni soat 16:00 da boshlanadi.

Musobaqa quyidagi yo'nalishlarda tashkil etiladi:

- Kattalar o'rtasida sambo va jangovor sambo (erkaklar va ayollar)

- Yoshlar o'rtasida sambo va jangovor sambo (yigitlar va qizlar)

- O'smirlar va kadetlar o'rtasida sambo (yigitlar va qizlar)

- Ko'zi ojizlar va zaif ko'ruvchilar o'rtasida sambo

- Sport ustalari (faxriylar) o'rtasida sambo

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting