Toshkent – Osiyoning yosh plyaj voleybol yulduzlarini qarshi olishga tayyorlanmoqda!
O‘zbekiston voleybol federatsiyasi tomonidan joriy yil may–iyun oylarida yurtimizda o‘tkazilishi rejalashtirilgan nufuzli xalqaro musobaqalarga tayyorgarlik ishlari izchil davom ettirilmoqda. Shu munosabat bilan Osiyo voleybol konfederatsiyasi (AVC) delegatsiyasi O‘zbekiston voleybol federatsiyasi vakillari bilan birgalikda Toshkent shahrida rasmiy inspeksiya tashrifini amalga oshirdi.
🔹 2026-yil 6–10-may kunlari bo‘lib o‘tadigan Osiyo U-18 plyaj voleybol chempionati
🔹 2026-yil 11–14-iyun kunlari o‘tkaziladigan AVC Beach Tour musobaqalari
Delegatsiya tomonidan musobaqalarni qabul qilish uchun tavsiya etilgan Olimpiya shaharchasi hamda JAR stadioni maydonlari ko‘zdan kechirildi va mazkur obyektlar xalqaro darajadagi plyaj voleybol turnirlarini o‘tkazish talablariga mos ekani tasdiqlandi. Shuningdek, musobaqa maydonlarini jihozlash, qizish (warm-up) hududlarini tashkil etish hamda logistika masalalarini takomillashtirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi. Ushbu takliflar turnirlarni yuqori saviyada va professional darajada o‘tkazishni ta’minlashga qaratilgan.
O‘zbekiston voleybol federatsiyasi Osiyo miqyosidagi ushbu nufuzli musobaqalarni yuksak saviyada tashkil etish uchun barcha zarur choralarni ko‘rmoqda. Yurtimiz xalqaro sport maydonida o‘z mavqeini mustahkamlashda davom etadi.