Toshkent dengizida baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha U23 yosh toifasidagi sportchilar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tdi
30-aprel - 3-may kunlari Toshkent dengizida baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha U23 yosh toifasidagi sportchilar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tdi.
Mamlakatimizning turli hududlaridan tashrif buyurgan iqtidorli sportchilar musobaqa davomida o‘z mahorati, jismoniy tayyorgarligi hamda g‘alabaga bo‘lgan intilishini namoyon etdilar. Mazkur chempionat nafaqat mamlakatning eng kuchli sportchilarini aniqlab berdi, balki Qozog‘istonda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilayotgan U18 va U23 yosh toifalaridagi Osiyo chempionati uchun muhim saralash bosqichi vazifasini ham o‘tadi.
Ayni kunlarda Toshkent dengizida baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha qiziqarli va murosasiz bahslar davom etmoqda. U14 va U16 yosh toifasida 200 nafardan ortiq sportchi O‘zbekiston chempionatida qatnashgan holda 200, 500 va 1000 metr masofalarda o‘z mahorati hamda chidamliligini namoyish etmoqda. Ko‘plab ishtirokchilar uchun ushbu musobaqa sportdagi muhim tajriba maktabi va respublika miqyosida o‘zini ko‘rsatish imkoniyatiga aylanmoqda.