locale OZ

Toshkent-2027 Para yengil atletika bo‘yicha Jahon chempionati dasturi e’lon qilindi

Musobaqa 2027 yilning 19–27 iyun kunlari Toshkentdagi Olimpiya shaharchasida bo‘lib o‘tadi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Toshkent-2027 Para yengil atletika bo‘yicha Jahon chempionati dasturi e’lon qilindi
Фото: ParalympicUz

WPA (Jahon para yengil atletika tashkiloti) Toshkent-2027 Para yengil atletika bo‘yicha Jahon chempionatining medallar dasturi va saralash mezonlarini e’lon qildi.

Musobaqa 2027 yilning 19–27 iyun kunlari Toshkentdagi Olimpiya shaharchasida bo‘lib o‘tadi.

Toshkent-2027 dasturida Nyu-Dehli-2025 Jahon chempionatidagi barcha yo‘nalishlar saqlab qolindi. Shu bilan birga, dasturga yana 16 ta medalli yo‘nalish qo‘shilib, ularning umumiy soni 202 taga yetkazildi. Shundan 111 tasi erkaklar, 90 tasi ayollar va bittasi aralash yo‘nalish hisoblanadi. Bu 2017 yil Londonda o‘tkazilgan Jahon chempionatidan buyon eng yuqori ko‘rsatkichdir.

Shuningdek, Los-Anjeles-2028 Paralimpiya o‘yinlari dasturiga kiritilgan barcha 164 ta medalli yo‘nalish Toshkent-2027 Jahon chempionatida ham o‘tkaziladi.

Toshkent-2027 dasturiga beshta yangi medalli yo‘nalish qo‘shildi. Yana 11 ta medalli yo‘nalish esa Nyu-Dehli-2025 dasturidagi mavjud yo‘nalishlarning alohida toifalarga ajratilishi natijasida shakllantirildi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting