locale OZ

Toshkent 2026 yilda Osiyo Olimpiya Kengashining Bosh Assambleyasiga mezbonlik qiladi

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Gazeta.uz

Osiyo Olimpiya Kengashi (OK) bosh direktori Husayn Al Musallamning 2026 yilda Toshkent shahrida OKning 46-Bosh Assambleyasini oʻtkazish toʻgʻrisidagi taklifi anjuman ishtirokchilari tomonidan bir ovozdan qoʻllab-quvvatlandi. Bu Oʻzbekistonda sport va olimpiya harakatiga qaratilayotgan yuksak eʼtibor, shuningdek, mamlakatimizning xalqaro sport maydonidagi nufuzidan dalolat beradi.

Maʼlumki, Bosh Assambleya – Osiyo Olimpiya Kengashining eng oliy boshqaruv organi hisoblanadi. Unda qitʼaning 45 mamlakati Milliy Olimpiya qoʻmitalari vakillari ishtirok etib, Osiyoda sportni rivojlantirish, sport siyosati va istiqbolli yoʻnalishlar yuzasidan muhim qarorlar qabul qilinadi.

Eslatib oʻtamiz, 2022 yili ham Toshkent OK Ijroiya qoʻmitasi yigʻilishiga muvaffaqiyatli mezbonlik qilgan edi.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting