Toshkent-2026 kashfiyotlari: Oilaviy g'alabani ta'minlagan meksikalik Manuel Kortes
Toshkentda o'tkazilgan taekvondo WT bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi dunyo birinchiligining to‘rtinchi kunida (15-aprel) Meksika terma jamoasi a'zosi Gilyermo Manuel Kortes Labastida -59 kg vazn toifasida oltin medalni qo‘lga kiritib, yorqin g‘alabaga erishdi.
Final bahsida u koreyalik Ji Un Hani mag‘lub etib, nafaqat shaxsiy muvaffaqiyat, balki haqiqiy oilaviy zafarni ham ta’minladi. "Kota"ning otasi butun turnir davomida murabbiy sifatida uning yonida bo‘ldi, akasi Karlos Damian Kortes Labastida esa asosiy sparring hamkori va ilhom manbai bo‘lib xizmat qildi.
"Murabbiyim otam bo‘lgani juda ajoyib… G‘alaba — bu ulkan mehnat natijasi”, — deydi sportchi.
Kadetlar o‘rtasida ikki karra jahon chempioni bo‘lgan Kortes Labastida yoshlar toifasiga o‘tishda qiyinchiliklarga duch kelgan, biroq intizom va kuniga uch mahal mashg‘ulotlar uning yangi darajaga chiqishiga sabab bo‘ldi.
"Kota"ning ta’kidlashicha, yoshlar toifasida bahslar yanada keskinlashadi, raqiblar esa kuchliroq va bo‘y jihatdan ustunroq bo‘ladi, bu esa maksimal diqqat va puxta taktik tayyorgarlikni talab qiladi. Oldinda meksikalik sportchini kattalar darajasidagi debyut va yirik xalqaro musobaqalar, jumladan, Panamerika chempionati hamda yoshlar o'rtasidagi Olimpiya o‘yinlari kutmoqda.
Toshkent kashf qilgan Manuel Kortes allaqachon Meksika taekvondosining eng yorqin yosh iste’dodlaridan biri sifatida e’tirof etilayotganini alohida ta'kidlash lozim.