locale OZ

ToshDTU rektori “Eng yaxshi sport tadbirlarini tashkil etgan OTM” rahbari sifatida e’tirof etildi

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
ToshDTU rektori “Eng yaxshi sport tadbirlarini tashkil etgan OTM” rahbari sifatida e’tirof etildi
Rasm: Gazeta.uz

Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining sport majmuasida “Universiada” sport musobaqalari g‘olib va sovrindorlarini taqdirlash marosimi tantanali tarzda bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Toshkent davlat tibbiyot universiteti rektori Shuxrat Boymuradov, hukumat vakillari, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Sport vazirligi, shuningdek, Milliy Olimpiya va Paralimpiya qo‘mitalari rahbarlari, oliy ta’lim muassasalarining mutasaddilari hamda OAV vakillari qatnashdi.

Marosim doirasida Toshkent davlat tibbiyot universiteti rektori Shuxrat Boymuradov “Eng yaxshi sport tadbirlarini tashkil etgan oliygoh” rahbari sifatida maxsus tashakkurnoma bilan taqdirlandi. Bu e’tirof uning rahbarligida universitetda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishga qaratilgan amaliy sa’y-harakatlar natijasi sifatida baholandi.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting