locale OZ

To‘rt o‘zbekistonlik sportchi jahon reytingining kuchli yuztaligida

Safina Sadullayeva va Sharifa Davronova Osiyoda birinchi raqamli atlet sifatida qayd etildi
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Telegram

Jahon yengil atletika federatsiyasi sportchilarning yangilangan xalqaro reytingini e'lon qildi. Unga ko‘ra, O‘zbekistondan to‘rt nafar ayol sportchi dunyodagi eng kuchli 100 atlet qatoriga kirdi.

Balandlikka sakrashda Safina Sadullayeva 1264 ochko bilan jahon reytingida 12-o‘rinni egalladi. U Osiyo va Markaziy Osiyoda mutlaq yetakchi hisoblanadi. Barnaxon Sayfullayeva esa 1131 ochko bilan dunyoda 60-pog‘onada, Osiyoda 6-chi, Markaziy Osiyoda 4-chi o‘rindan joy oldi.

Uch hatlab sakrashda Sharifa Davronova 1214 ochko to‘plab, jahon reytingida 19-chi, ammo Osiyo va Markaziy Osiyoda birinchi raqamli sportchi sifatida qayd etildi.

Yadro uloqtirishda Malika Nasriddinova 1090 ochko bilan dunyoda 51-o‘rinda. Shu bilan birga, u Markaziy Osiyoda yetakchi, Osiyo bo‘yicha sakkizinchi o‘rinda turibdi.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting