Topuriya yarim o'rta vaznga o'tish sharti haqida gapirdi
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: gettyimages.com
UFCning sobiq yarim yengil vazn toifasidagi chempioni Iliya Topuriya o'zining yarim o'rta vaznga o'tishi mumkinligi haqidagi savolga javob berdi.
«Nega yo'q ekan? Agar shunday imkoniyat berilsa va jang qiziqarli bo'lsa, men tayyorman», — dedi Topuriya matbuot anjumanida.
Eslatib o'tamiz, 29 iyun kuni UFC 317 turniri doirasida Iliya Topuriya va Charls Oliveyra yengil vazn toifasidagi bo'sh turgan chempionlik kamari uchun jang o'tkazadi. Ushbu kamarni Islom Maxachev yarim o'rta vazn chempioni Jek Della Maddalenaga qarshi jang qilish maqsadida bo'shatgandi.
Topuriya professional faoliyati davomida 16 ta g'alabaga erishgan va hali biror marta yutqazmagan. Oliveyra esa 35 g'alaba va 10 mag'lubiyatga ega. Uning bir jangi natijasiz deb topilgan.
Bakradze Iman
Redaktor