Topuriya Mahachevga javob berdi: Navbatga tur!
Islam Mahachev va Iliya Topuriya o‘rtasidagi ehtimoliy superjang hozircha amalga oshmagan bo‘lsa-da, bunday to‘qnashuv kelajakda ro‘y berishi mumkin. Lekin buning o‘z shartlari bor.
Gruziyalik jangchi Topuriya so‘zlariga ko‘ra, bu jang faqat bitta holatda amalga oshadi: agar u yengil vaznda UFC’ning bo‘sh turgan chempionlik kamarini qo‘lga kiritsa, Mahachev esa yarim o‘rta vaznda o‘z rejasini amalga oshirib, qayta yengil vaznga tushsa. Shunda ham rossiyalik bir zumda titul uchun emas, balki navbat asosida jang qilishi mumkin bo‘ladi.
«Islam avval hammaga qarshicha bayonotlar berib kelgan. Yaqinda u “yarim o‘rta vaznga o‘tishim muhim emas, chempionlik kamarini saqlab qolaman” dedi. Men esa o‘shanda: “yengil vaznga chiqmayman, chunki yarim o‘rta vazn menga tegishli”, deganman. Nima bo‘ldi? Kim o‘z so‘zida turdi? Men! Shunday ekan, u endi navbatga turadi. Fursati kelsa — kurashadi. Ammo bu navbat ancha uzun bo‘ladi», — dedi Topuriya Ispaniyadagi matbuot anjumanida.
Eslatib o‘tamiz, Topuriya 28 iyun kuni Las-Vegasdagi UFC 317 turnirida Charlz Oliveyraga qarshi jang qilib, vakant kamar uchun bahs olib boradi. Mahachev esa yarim o‘rta vaznning yangi chempioni — avstraliyalik Jek Della Maddalenaga qarshi jang o‘tkazishi mumkin, lekin bu jang hozircha rasmiy e’lon qilinmagan.