locale OZ

Tomas Dunker Afrika Kurash Ittifoqi Prezidenti etib qayta saylandi

Kongress doirasida 2026–2030 yillar uchun Afrika Kurash Ittifoqi Boshqaruv qo‘mitasiga saylovlar ham o‘tkazildi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Tomas Dunker Afrika Kurash Ittifoqi Prezidenti etib qayta saylandi
photo: Kurash Uzbekistan

Tomas Dunker Afrika Kurash Ittifoqi Prezidenti etib qayta saylandi

Janubiy Afrika Respublikasining Yoxannesburg shahrida kurash bo‘yicha kattalar, yoshlar va o‘smirlar o‘rtasidagi 22-Afrika chempionati doirasida Afrika Kurash Ittifoqining navbatdagi Kongressi bo‘lib o‘tdi.

Kongressda Afrika qit’asida Kurashni yanada rivojlantirish, milliy federatsiyalar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, musobaqalar geografiyasini kengaytirish hamda sportning qit’adagi nufuzini oshirish bilan bog‘liq muhim masalalar muhokama qilindi.

Kongressga rahbarlik qilgan Afrika Kurash Ittifoqi Prezidenti Tomas Dunker Kurashni Butun Afrika o‘yinlari dasturiga kiritish borasida amalga oshirilayotgan ishlar va erishilayotgan kelishuvlar haqida ma’lumot berdi. Ushbu yo‘nalishda Xalqaro Kurash Assotsiatsiyasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Ziyoviddin Xodjiniyazov tomonidan ko‘rsatilayotgan qo‘llab-quvvatlash alohida qayd etildi.

Kongress doirasida 2026–2030 yillar uchun Afrika Kurash Ittifoqi Boshqaruv qo‘mitasiga saylovlar ham o‘tkazildi.
Delegatlar tomonidan qit’ada Kurashni rivojlantirish borasidagi faoliyati yuqori baholangan Tomas Dunker qayta AKU Prezidenti etib saylandi.

Shuningdek, Martil Ngoka Vitse-prezident, Urban Keya esa Bosh kotib etib saylandi.

Afrika Kurash Ittifoqining 2026–2030 yillarga mo‘ljallangan yangi Boshqaruv qo‘mitasi:

Tomas Dunker — Prezident, Janubiy Afrika Respublikasi
Martil Ngoka — Vitse-prezident, Kongo Respublikasi
Urban Keya — Bosh kotib, Kongo Respublikasi
Villi Polsen — Xazinachi, Botsvana
Filip Pretrius — Texnik direktor, Janubiy Afrika Respublikasi
Rodi Kiba — sport direktori, Kongo Respublikasi
Teddi Rita — Hakamlar direktori, Mavrikiy
Simba Mapnda — Murabbiylar direktori, Zimbabve
Muhammad Sobeh — Prezident apparati vakili, Misr
Jud Musedju — Qochqinlar masalalari koordinatori, Kongo Demokratik Respublikasi

Xalqaro Kurash Assotsiatsiyasi Tomas Dunker va yangi saylangan Boshqaruv qo‘mitasi a’zolarini tabriklaydi hamda ularga kelgusi faoliyatida muvaffaqiyat tilaydi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting