locale OZ

Tojikiston kurash chempionati – milliy saralash va yuksak e’tirof maydoni

2026 yil 14–15 fevral kunlari Tojikiston Milliy Universiteti qoshidagi Sport majmuasida kurash bo‘yicha Tojikiston Respublikasi chempionati yuqori saviyada bo‘lib o‘tdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Tojikiston kurash chempionati – milliy saralash va yuksak e’tirof maydoni
photo: Kurash Uzbekistan

2026 yil 14–15 fevral kunlari Tojikiston Milliy Universiteti qoshidagi Sport majmuasida kurash bo‘yicha Tojikiston Respublikasi chempionati yuqori saviyada bo‘lib o‘tdi.

Musobaqaning tantanali ochilish marosimida Tojikiston Respublikasi Hukumati huzuridagi Yoshlar ishlari va sport qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Shokirzoda Muhammadtolib, Tojikiston Kurash federatsiyasi raisi Abdumalik Orifov hamda boshqa rasmiy mehmonlar ishtirok etdi.

Federatsiya Raisi Abdumalik Orifov chempionatni yuqori darajada tashkil etishga munosib hissa qo‘shgan hakamlar hay’ati va barcha mas’ullarga samimiy minnatdorlik izhor etdi. Musobaqaning adolatli va professional muhitda o‘tishi aynan ularning fidokorona mehnati va mas’uliyati samarasi ekanligini e’tirof etdi.

Mazkur chempionat mamlakatning eng kuchli polvonlarini aniqlash barobarida, Yaponiyada o‘tkaziladigan 2026 yilgi Osiyo o‘yinlariga saralash bosqichi sifatida alohida ahamiyat kasb etdi. Ikki kun davomida 200 nafardan ortiq sportchi o‘z mahorat va irodasini namoyon etib, halol va murosasiz kurash olib bordi.

Chempionat doirasida sportni ommalashtirish va yosh polvonlarni qo‘llab-quvvatlashga qo‘shgan hissasi uchun taniqli sportchi, Parij 2024 Olimpiyada o‘yinlari sovrindori Temur Raximov hamda uning ustozi Suxrob Abduraxmonov faxriy mehmon sifatida tashrif buyurdi.

Tojikistonda o‘tkazilgan ushbu milliy chempionat nafaqat saralash bahslari, balki kurash sport turining mamlakatdagi nufuzi va ommaviyligini yanada mustahkamlashga xizmat qilgan muhim sport voqeasi sifatida tarixda qoladi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting