locale OZ

Tim Tsyu uchta asosiy raqibini sanab o‘tdi

Avstraliyalik bokschi revansh olgandan so‘ng qaysi janglar haqida o‘ylayapti?
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Tim Tsyu uchta asosiy raqibini sanab o‘tdi
Rasm: Olamsport.uz

Super yarim o‘rta vazn toifasida sobiq jahon chempioni Tim Tsyu keyingi janglarda ringda ko‘rishni istagan raqiblarini ma’lum qildi. 20 iyul kuni Las-Vegasda u WBC chempioni, amerikalik Sebastian Fundoraga qarshi revansh jangi o‘tkazadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, jang qilmoqchi bo‘lgan asosiy nomzodlar quyidagilar:

“Bir nechta ism bor — Keyt Turman, Jermell Charlo, Sebastian Fundora. Bu uchovlon mening nazarimda”, — dedi Tsyu.

Ma’lumot uchun, Tim Tsyu so‘nggi jangini joriy yil aprelida Jozef Spenserga qarshi o‘tkazgan va raqibini muddatidan avval mag‘lub etgan edi.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting