locale OZ

The Ultimate Fighter 33. Furqatbek Yoqubov ishtirok etayotgan vaznda ikkinchi yarim finalchi aniqlandi

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Olamsport.uz

11 iyun kuni tongda The Ultimate Fighter 33 realiti-shousining uchinchi qismi namoyish etildi. Bu galgi epizodda o'ta engil vazn toifasida jang tashkil etildi. Unda Daniel Kormyenning jamoasidan meksikalik Imanol Rodriges (5–0) raqibi — Cheyl Sonnen boshchiligidagi jamoa a'zosi, hindistonlik Arshiyan Memonni birinchi raunddayoq mag'lub etdi.

Shu tariqa, Imanol mazkur vazndagi ikkinchi yarim finalchiga aylandi. Avvalroq ushbu vazn toifasidan Sonnenning jamoasidan Morales yarim finalga yo'l olgan edi.

Shouning navbatdagi qismida yarim o'rta vazn toifasida jang bo'lib o'tadi. Unda Kormyenning amerikalik shogirdi Jeff Kreiton (11–2–1) irlandiyalik Andreas Binder (10–2) bilan oktagonda to'qnash keladi. Ushbu vazndagi ilk yarim finalchi — Kormye jamoasidan ukrainalik Daniil Donchenko bo'lgandi.

Shuningdek, ushbu loyihada ishtirok etayotgan hamyurtimiz Furqatbek Yoqubovning ilk raqibi 18 iyun kuni namoyish etiladigan to'rtinchi qismda ma'lum bo'lishi mumkin. Unga yarim finalga chiqish yo'lida qozog'istonlik Alibi Idris yoki Janubiy Afrika Respublikasi vakili Tumelo Manyamala raqib bo'lishi ehtimoldan xoli emas.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting