Termiz shahridagi sport maktabida yaponiyalik mutaxassis ishtirokida dzyudo bo’yicha o’quv yig’in mashg’ulotlari bo’lib o’tmoqda
Mazkur mashg’ulotda vohaning shahar va tumanlaridan saralangan o’smir o’g’il-qizlar ishtirok etayapti.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
photo: Dzyudo Uzbekistan
Termiz shahar yakka kurash sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabida yaponiyalik mutaxassis ishtirokida dzyudo bo’yicha o’quv yig’in mashg’ulotlari bo’lib o’tmoqda.
Mazkur mashg’ulotda vohaning shahar va tumanlaridan saralangan o’smir o’g’il-qizlar ishtirok etayapti.
O’quv yig’in mashg’ulotida yaponiyalik tajribali murabbiy, 5-DAN qora belbog‘ sohibi, xalqaro litsenziyaga ega ustoz Junna Kikuchi tomonidan mahorat saboqlari o'tkazilmoqda.
Mashg‘ulotlar davomida yosh sportchilar yapon dzyudo maktabining ilg‘or texnikalari, tarixiy tajriba va amaliy ko‘nikmalarni o‘zlashtirmoqda.
Bunday mahorat saboqlari yosh dzyudochilarning sport mahoratini oshirish va kelgusida yuqori natijalarga erishishida muhim ahamiyat kasb etadi.
Ibrohim Jalolov
Redaktor