locale OZ

Termiz shahrida sportning dzyudo turi bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida O‘zbekiston kubogi bo‘lib o‘tdi

G’oliblarga bellashuv medali hamda diplomi topshirildi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Termiz shahrida sportning dzyudo turi bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida O‘zbekiston kubogi bo‘lib o‘tdi
Фото: Спорт вазирлиги

Surxondaryo viloyati markazi Termiz shahri dzyudo bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi O‘zbekiston kubogiga mezbonlik qildi.

Termiz shahar Yakkakurash sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabida o‘tkazilgan musobaqada Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri hamda viloyatlardan saralangan 900 nafarga yaqin o‘g‘il- qizlar g‘oliblik uchun kurashdilar.

3 kun davomida bo‘lib o‘tgan bellashuvlarda jismoniy mahorati ustun bo‘lgan dzyudochilar g‘oliblar safidan joy oldilar.

Yakuniy natijalarga koʻra:

1-o’rin Xorazm viloyati jamoasi
2-o’rin Samarqand viloyati jamoasi
3-o’rin Toshkent shahri jamoasi egalladi.

G’oliblarga bellashuv medali hamda diplomi topshirildi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting