locale OZ

Termiz shahrida dzyudo sport turi bo‘yicha o‘quv seminar bo‘lib o‘tdi

Seminar yakunida berilgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javoblar berildi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Termiz shahrida dzyudo sport turi bo‘yicha o‘quv seminar bo‘lib o‘tdi
Фото: O'zbekiston Dzyudo Federatsiyasi

Termiz shahar Yakkakurash sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabida o‘tkazilgan seminarda mamlakatimizning malakali trenerlari, vohaning shahar va tumanlaridan trener hamda sportchilar tashrif buyurib o‘zlarining tajribalari bilan o‘rtoqlashdi.

Surxondaryo viloyat sport boshqarmasi hamda viloyat dzyudo federatsiyasi xamkorligida o‘tgan tadbirda, so‘ngi yillarda xalqaro dzyudo musobaqalariga joriy etilgan yangi-qonun qoidalar mutaxasislar tomonidan tanishtirilib borildi.

Qiziqarli kechgan o‘quv seminarda Olimpizm targ‘ibotini yana-da kuchaytirish, ilm-fan sohasida erishilgan yangi yutuqlar, joriy etilgan yangi qoidalar bilan barchani xabardor qilish kabi maqsadlar qamrab olindi. Seminar yakunida berilgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javoblar berildi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting