locale OZ

Terma jamoamiz “Korea Open” musobaqasini 7 ta medal bilan yakunladi

O‘zbekiston taekvondochilari 1 ta oltin, 4 ta kumush va 2 ta bronza medalga sazovor bo‘lishdi
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Instagram

Koreya Respublikasining Chuncheon shahrida o‘tkazilgan taekvondo bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi “2025 Chuncheon Korea Open” xalqaro turniri o‘z nihoyasiga yetdi.

Musobaqaning ikkinchi, ya’ni so‘nggi kuni erkaklar o‘rtasida 63 kg, 68 kg, 74 kg va 87 kg, shuningdek, ayollar o‘rtasida 57 kg, 67 kg hamda +73 kg vazn toifalarida bellashuvlar bo‘lib o‘tdi. Ularda yurtimizdan 9 nafar sportchi ishtirok etdi.

Kun yakunida besh nafar taekvondochimiz mukofotli o‘rinlarni egallab, jamoa hisobiga medallar qo‘shishdi:

Oltin medal:
Shuhrat Salaev (87 kg)

Kumush medallar:
Nazarali Nazarov (63 kg)
Yodgorbek Jo‘raboyev (87 kg)
Svetlana Osipova (+73 kg)

Bronza medal:
Diyorbek To‘xliboyev (68 kg)

Shu tariqa, O‘zbekiston terma jamoasi ushbu nufuzli xalqaro turnirni 7 ta medal (1 ta oltin, 4 ta kumush, 2 ta bronza) bilan yakunladi.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting