locale OZ

Terma jamoamiz Dushanbe Grand Slam turnirini 5 ta medal bilan yakunladi

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Terma jamoamiz Dushanbe Grand Slam turnirini 5 ta medal bilan yakunladi
PHOTO: Telegram

Tojikiston poytaxti Dushanbe shahri mezbonlik qilgan "Katta Dubulg‘a" turkumiga kiruvchi turnir o‘z yakuniga yetdi.

Uch kun davomida muxlislar murosasiz bellashuvlar guvohiga aylanishdi. O‘zbekiston terma jamoasi musobaqani 1 ta kumush 4 ta bronza medali bilan yakunladi. Muhayyo Ahmatova faoliyatidagi birinchi IJF turniri medalini aynan Dushanbeda qo‘lga kiritdi. U final bahsida Olimpiada chempioni va sovrindori Amandin Busharga imkoniyatni boy berib qo‘ydi, xolos.

Artyom Shturbabin, Hojiakbar Toshev, Murodjon Yo‘ldoshev va O‘tkirbek To‘raboyev terma jamoamizga Dushanbe Grand Slam turnirining bronza medallarini taqdim etishdi. Besh nafar dzyudochimiz beshinchi, yana besh nafari yettinchi o‘rinni egalladi.

Kumush medal sohibasi
-52 kg: Muhayyo Ahmatova

Bronza medallar
-66 kg: Artyom Shturbabin
-73 kg: Hojiakbar Toshev
-81 kg: Murodjon Yo‘ldoshev
+100 kg: O‘tkirbek To‘raboyev

🇹🇯Musobaqada katta tarkib bilan ishtirok etgan Tojikiston terma jamoasi 4 ta oltin, 3 ta kumush, 4 ta bronza medali bilan umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi. Ozarbayjon va Fransiya terma jamoalari kuchli uchlikdan joy olishdi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting