locale OZ

Terma jamoalar va klublarni qoʻllab-quvvatlashning yangi moliyaviy mexanizmlari ishlab chiqilmoqda

Kun tartibiga kiritilgan masalalar atroflicha muhokama qilindi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Terma jamoalar va klublarni qoʻllab-quvvatlashning yangi moliyaviy mexanizmlari ishlab chiqilmoqda
Фото: Olympic.uz

Sport turlari boʻyicha terma jamoalarimiz, xususan, klublar faoliyatini moliyalashtirish masalalariga bagʻishlangan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Iqtisodiyot va moliya hamda Sport vazirliklari, Milliy Olimpiya qoʻmitasi va Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi mutasaddilari ishtirok etgan yigʻilishda kun tartibiga kiritilgan masalalar atroflicha muhokama qilindi.

Uchrashuv davomida sport sohasiga xususiy sektorni keng jalb etish, bu borada tashabbus koʻrsatgan tadbirkorlar uchun qoʻshimcha imtiyoz va ragʻbatlantirish mexanizmlarini joriy etish orqali yangicha moliyalashtirish tizimini shakllantirish boʻyicha ustuvor vazifalar muhokama qilindi. Rasmiylar bunday yondashuv zamonaviy menejment tamoyillarini joriy etish, klublar faoliyati samaradorligini oshirishga xizmat qilishini taʼkidladilar.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting