locale OZ

Terma jamoa sportchilariga toza sport g‘oyasi tushuntirildi

Shaxsiy masʼuliyat va xalqaro qoidalarga sadoqatli bo‘lish zaruriyati alohida taʼkidlandi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Terma jamoa sportchilariga toza sport g‘oyasi tushuntirildi
Фото: Спорт вазирлиги

Stol tennisi, o‘q otish, gimnastika, suzish, sport kurashlari kabi ko'plab federatsiya va assotsiatsiya terma jamoa sportchilari uchun tashkil etilgan antidoping seminarida nafaqat qonunchilikdagi yangiliklar, balki sportda adolat va poklikni taʼminlash yo‘lidagi masʼuliyatning chuqur mohiyati ham tushuntirildi.

“Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi Qonun mazmun-mohiyati hamda Butunjahon antidoping kodeksidagi yangilanishlar orqali ularga sportchi sifatidagi burch va vazifalar yanada ravshan anglatildi.

Seminar jarayonida sportchilarga toza sport g‘oyasi qalbga singdirilib, dopingga qarshi kurashda shaxsiy masʼuliyat va xalqaro qoidalarga sadoqatli bo‘lish zaruriyati alohida taʼkidlandi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting