locale OZ

TePe Sigeman 2026 3-tur: Eng muhim to‘qnashuv

Bugun butun dunyo shaxmat ishqibozlarining e'tibori aynan shu taxtaga qaratiladi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
TePe Sigeman 2026 3-tur: Eng muhim to‘qnashuv
photo: Chess Uzbekistan

Bugun butun dunyo shaxmat ishqibozlarining e'tibori aynan shu taxtaga qaratiladi. TePe Sigeman turnirining 3-turida yurtdoshimiz Nodirbek Abdusattorov shaxmat tarixidagi eng kuchli o‘yinchi Magnus Karlsenga qarshi qora donalarda bahs olib boradi.

Magnus Karlsen — shaxmat olamining mutlaq afsonasi bo‘lib, u 2882 rekordi bilan tarixda eng yuqori ELO reytingiga erishgan va "kosmik" darajani o‘rnatgan yagona shaxmatchidir.

2013-yildan 2023-yilgacha klassik shaxmat bo‘yicha dunyo tojini hech kimga bermagan 5 karra jahon chempioni, shuningdek, 2011-yildan buyon dunyo reytingida uzluksiz 1-o‘rinni egallab, zamonaviy shaxmatda mislsiz 15 yillik peshqadamlikni namoyish etib kelmoqda.

Bir vaqtning o‘zida klassik, rapid (6 karra) va blitz (9 karra) yo‘nalishlarida jahon chempioni unvonini qo‘lga kiritib "Triple Crown" sohibiga aylangan.

Bundan tashqari, klassik shaxmatda ketma-ket 125 ta o‘yinda mag‘lubiyatga uchramay jahon rekordini o‘rnatgan haqiqiy shaxmat "qiroli" hisoblanadi.

Nodirbek Abdusattorov 2021-yilda aynan Magnusni mag‘lub etib, Rapid yo‘nalishida jahon chempioniga aylangan edi.

Bugun ham shaxmat tarixidagi eng mukammal o'yinchiga qarshi jang murosasiz kechishi aniq.

Sizningcha, bugungi bahsda kim g‘alaba qozonadi?

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting