Temurbek Giyazov Jahon chempionati g'olibi
Hozirda terma jamoamiz hisobida 5 ta oltin, 4 ta kumush va 2 ta bronza medali mavjud.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Фото: ParalympicUz
Hindistonning Nyu-Delhi shahrida para yengil atletika bo'yicha Jahon chempionati o'zining yakuniy bosqichiga kirdi.
Musobaqada erkaklar o'rtasida T64 klassida tashkil etilgan balandlikka sakrash bellashuvlari o'z nihoyasiga yetdi.
Unda Oʻzbekiston terma jamoasi a'zosi Temurbek Giyazov ham ishtirok etib, 2.03 m natija qayd etdi. Bu orqali 29 yoshli Temurbek nafaqat shaxsiy rekordini yangiladi, balki Jahon chempionatining oltin medaliga ham ega chiqdi.
Jahon chempionati
Erkaklar o'rtasida balandlikka sakrash (T64)
Temurbek Giyazov (Oʻzbekiston) - 2.03
Jonatan Brum Edvards (Buyuk Britaniya) - 2.00
Pravin Kumar (Hindiston) - 2.00
Ma'lumot uchun, hozirda terma jamoamiz hisobida 5 ta oltin, 4 ta kumush va 2 ta bronza medali mavjud.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist