locale OZ

Temirov — Almabayev jangi g‘olibiga UFCdagi muhim jang taklif etildi

Kai Kara-Fransga elitaga qaytish uchun Temirov yoki Almabayevga qarshi to‘qnashuv tavsiya qilinmoqda
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Telegram

Avstraliyalik Kai Kara-Frans UFC chempionlik kamari uchun Aleksandre Pantoja bilan jangda mag‘lub bo‘lgach, u faoliyatini davom ettirish uchun yangi raqib qidirmoqda. Sports.kz sayti Cagesidepress.com nashriga tayanib xabar berishicha, unga Asu Almabayev va Ramazon Temirov o‘rtasidagi jang g‘olibi bilan to‘qnashish taklif etilgan.

“Kai uchun eng maqbul variant — Almabayev va Temirov jangi g‘olibi bilan jang qilish. Bu bellashuv 26 iyul kuni bo‘lib o‘tadi, vaqt jihatidan ham mos keladi. Asu reytingda 8-o‘rinda, Ramazon esa 13-o‘rinni egallab turibdi. Kaini ushbu g‘olib bilan to‘qnashtrish orqali UFC elitasi uchun yangi nomlar qo‘shilishi mumkin. Shuningdek, bu jang markaziy to‘qnashuv sifatida ham qiziqarli bo‘ladi”, — deb yozadi manba.

Manba ta’kidlashicha, Kara-Fransning ehtimoliy raqiblari sifatida Asu Almabayev va Ramazon Temirov jangi g‘olibi yoki Manel Kape nomzod sifatida ko‘rilmoqda.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting