Telegram Хabib Nurmagomedov papaxlaridan 340 mln rubl daromad oldi
Dogʻistonlik jangchi 2020 yilda faoliyatini yakunlagandi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
FOTO: Getty Images
«Telegram» messenjeri, Rossiyalik tadbirkor Pavel Durov boshqaruvidagi platforma, UFC Shon-sharaf Zali a’zosi Хabib Nurmagomedov papaxlarini (bosh kiyimi) sotish orqali 340 million rublidan ortiq daromad ko‘rdi. Bu haqda TASS xabar bermoqda.
Manbaga koʻra, auksionda jami 29 mingta papax sotildi, o‘rtacha narxi — 10 100 «yulduz». Bir dona «yulduz»ning qiymati 1–2 rubl atrofida.
Maʼlumot uchun, 37 yoshli Хabib Nurmagomedov 2008 yilda professional MMA jangchisi sifatida debyut qilgan. 2012 yilda UFCdagi ilk jangini o‘tkazgan.
2018 yilda esa engil vazn toifasida (70 kg gacha) UFC chempioniga aylangan va kamarini uch bor himoya qilgach, 2020 yilda faoliyatini yakunlagan.
Nasrullo Karimov
Jurnalist