locale OZ

TDPU va “Jismoniy tarbiya” – finalda!

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
TDPU va “Jismoniy tarbiya” – finalda!
PHOTO: Telegram

“Talaba qizlar ligasi-2025’’ turniri o’zining hal qiluvchi bosqichiga yetib keldi. “Sportchi – yurt himoyachisi” shiori ostida tashkillashtirilayotgan musobaqaning yarim final uchrashuvlari bo’lib o’tdi va finalda bosh sovrin uchun kurash olib boruvchi jamoalarning nomi ma`lum bo’ldi. Toshkent Davlat iqtisodiyot universiteti sport majmuasi zalida qiziqarli o’tgan o’yinlarda Toshkent Davlat Pedagogika Universiteti talaba qizlari hamda “Jismoniy tarbiya” jamoasi final yo’llanmasini rasmiylashtirishdi.

Turnirning so’nggi uchrashuvlari – 3-o'rin uchun va final bahsi seshanba kuni soat 10:00da TATU zalida bo’lib o’tadi. Quyida yarim final bahslarida qayd etilgan natijalar bilan tanishing:

“Talaba qizlar ligasi-2025’’
Yarim final
TDPU – "Oriental" – 5:0. Sarvinoz Komiljonova (3ta), Madina Ruziyeva (2ta)
"Jismoniy tarbiya" – O'zMU – 5:2. Gollar: Shahzoda Tolipjonova, Zarina Xayrullayeva, Sabrina Bahriddinova, Sevinch Xayrullayeva, Zulfizar Ruzimetova-avtogol – O'g'iloy Qarshiyeva, Sandug’ash Yesibbekova-avtogol.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting