Tbilisi Grand Slam 2026 turnirida ishtirok etadigan tarkibimiz tasdiqlandi
20-22 mart kunlari Gruziyaning Tbilisi shahrida Tbilisi Grand Slam 2026 turniri bo‘lib o‘tadi.
Musobaqada 5 qit’aning 54 davlatidan keladigan jami 428 (263 erkak, 165 ayol) nafar dzyudochi medallar yo‘lida bahslarga kirishadi.
O‘zbekiston terma jamoasi ham ushbu turnirda ishtirok etadi. Murabbiylar shtabi tomonidan Gruziyaga yo‘l oladigan tarkibimiz tasdiqlandi.
Tbilisi Grand Slam 2026 uchun terma jamoamiz tarkibi:
-60 kg: Samariddin Qo‘chqorov
-66 kg: Abdurahim Nutfulloyev
-66 kg: Azizbek Ortiqov
-73 kg: Bobur Yangiboyev
-73 kg: Nizomiddin Toshpo‘latov
-90 kg: Umar Bozorov
-90 kg: Nurbek Murtazoyev
-100 kg: Amirsaid Jeyliyev
+100 kg: O‘tkirbek To‘raboyev
AYOLLAR
-48 kg: Ulbusin Hakimova
-52 kg: Sita Kadambayeva
-57 kg: Rayhona Mamatova
-63 kg: Marjona Nurulloyeva
-70 kg: Shirinjon Yo‘ldosheva.