locale OZ

Tbilisi Grand Slam 2026. Bugun 6 nafar dzyudochimiz bahslarga kirishadi

Bu haqda O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Tbilisi Grand Slam 2026. Bugun 6 nafar dzyudochimiz bahslarga kirishadi
Фото: O'zbekiston Dzyudo Federatsiyasi

Gruziya poytaxtida Tbilisi Grand Slam 2026 turnirining ilk kungi bellashuvlari bo‘lib o‘tadi.

Coat 11:00da boshlanadigan saralash blokida O‘zbekiston terma jamoasining 6 nafar vakili ham medallar yo‘lidagi yurishini boshlaydi. Bugun erkaklar o‘rtasida -60, -66 kg, ayollarda esa -48, -52, -57 kg vazn toifalarida g‘olib va sovrindorlar aniqlanadi.

Umid qilamizki, shohsupaga ko‘tariladigan dzyudochilar orasida hamyurtlarimiz ham bo‘ladi.

Bugun kurashadigan dzyudochilarimiz:

-48 kg: Ulbusin Hakimova — Laura Espadina (Fransiya)

-52 kg: Sita Kadambayeva — Naomi Van Krevel (Niderlandiya)

-57 kg: Rayhona Mamatova — Tsendbazar Mashbat (Mo‘g‘uliston)

-60 kg: Samariddin Qo‘chqorov — Mishel Augusto (Braziliya)

-66 kg: Abdurahim Nutfulloyev — Tornike Gigauri (Gruziya)

-66 kg: Azizbek Ortiqov — Erbol Abasbekov (Qirg‘iz Respublikasi)

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting