locale OZ

Taxmina Ikromova koʻpkurashda Olimpiada chempionini ortda qoldirdi

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Taxmina Ikromova koʻpkurashda Olimpiada chempionini ortda qoldirdi
FОТО: Olympic.uz

Toshkent mezbonlik qilayotgan badiiy gimnastika boʻyicha Jahon kubogi bosqichida dastlabki medallar oʻz egalariga topshirildi.

Quvonarlisi, koʻpkurash dasturida germaniyalik Olimpiada chempionidan yaxshiroq natija qayd etgan hamyurtimiz Taxmina Ikromova oltin, guruh mashqida qatnashgan qizlarimiz Evelina Atalyans, Maftuna Zoirova, Adelya Fayzulina, Mumtozabonu Isʼhoqzoda, Amaliya Mamedova va Irodaxon Sodiqova esa kumush medalga sazovor boʻlishdi.

Yakkalik, koʻpkurash:
1. Taxmina Ikromova (Oʻzbekiston)
2. Darya Varfolomeyev (Germaniya)
3. Liliana Levinska (Polsha)

Guruh mashqi, koʻpkurash:
1. Polsha
2. Oʻzbekiston
3. Xitoy

Bugun alohida mashqlar boʻyicha gʻolib va sovrindorlar aniqlanadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting