locale OZ

Tashkent shahrida o‘tkazilayotgan WTT Youth Contender Tashkent xalqaro turniri davom etmoqda

Musobaqada dunyoning 11 ta davlatidan 178 nafar iqtidorli sportchi g‘oliblik uchun bahs olib bormoqda.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Tashkent shahrida o‘tkazilayotgan WTT Youth Contender Tashkent xalqaro turniri davom etmoqda
Фото: Наманган вилояти спорт бошқармаси

Mazkur musobaqa Jahon stol tennisi (WTT) turnirlari tarixida alohida rekord natijalarni qayd etayotgani bilan ahamiyatlidir. Xususan, ilk bor WTT turkumidagi musobaqada jami 371 nafar sportchi ishtirok etmoqda. Ushbu ko‘rsatkich turnirning xalqaro miqyosdagi nufuzi va qamrovini yaqqol namoyon etadi.

Musobaqada dunyoning 11 ta davlatidan 178 nafar iqtidorli sportchi g‘oliblik uchun bahs olib bormoqda. Shu bilan birga, O‘zbekiston stol tennisi tarixida ilk bor 192 nafar mahalliy sportchi o‘z yurtida o‘tkazilayotgan xalqaro musobaqada ishtirok etib, muhim xalqaro tajriba to‘plash imkoniyatiga ega bo‘lmoqda.

Turnir doirasida poytaxtimizga 480 nafardan ortiq xorijiy delegatsiya a’zolari, murabbiylar, hakamlar hamda rasmiy mehmonlar tashrif buyurgan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting