locale OZ

Tashkent Junior Asian Cup 2026 turniriga tayyorgarlik muhokama qilindi

O‘zbekiston dzyudo federatsiyasida ushbu nufuzli musobaqaga tayyorgarlik yuzasidan ishchi guruh yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Tashkent Junior Asian Cup 2026 turniriga tayyorgarlik muhokama qilindi
Фото: O'zbekiston Dzyudo Federatsiyasi

28-31 may kunlari poytaxtimizda bir necha yildan beri Uchqun Murodov xotirasiga bag‘ishlab o‘tkazib kelinayotgan an’anaviy xalqaro musobaqa bo‘lib o‘tadi.

Olimpiya shaharchasida tashkil etiladigan Tashkent Junior Asian Cup 2026 turnirida yigirmaga yaqin davlatdan 1000 nafardan ziyod kadetdar hamda yoshlar medallar uchun bahslarga kirishadi. 28-29 may kunlari kadetlar, 30-31 may sanasida esa yoshlar tatamiga chiqadi.

O‘zbekiston dzyudo federatsiyasida ushbu nufuzli musobaqaga tayyorgarlik yuzasidan ishchi guruh yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Federatsiya Bosh kotibi Aziz Sobirov boshchiligida o‘tgan yig‘ilishda musobaqaga ko‘rilayotgan tayyorgarlik, delegatsiyalarni kutib olish, mehmonxonalarga joylashtirish, transport xizmati, mashg‘ulot zallari holati kabi masalalar muhokama qilindi. Mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting