Tarixiy natija qayd etgan taekvondochilarimiz Vatanga qaytishdi
Toshkent xalqaro aeroportida 24-31-oktyabr kunlari Xitoyning Usi shahrida o'tkazilgan taekvondo WT bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi Jahon chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etgan O‘zbekiston milliy terma jamoasi delegatsiyasi kutib olindi.
Unda O'zbekiston Respublikasi mudofaa vazirligi hamda O'zbekiston taekvondo WT assosiatsiya rahbariyati, keng jamoatchilik va OAV vakillari qatnashib, tarixiy natija qayd etgan sportchilarimiz va murabbiylarimizni muborakbod etishdi.
Dunyoning 150 dan ortiq davlatidan 1000 nafarga yaqin sportchi ishtirok etgan Jahon chempionatida O‘zbekiston milliy terma jamoasi ham muvaffaqiyatli ishtirok etib, 1 ta oltin (Najmiddin Qosimxojiyev -74 kg) , 1 ta kumush (Svetlana Osipova +73 kg) va 1 ta bronza (Jahongir Xudoyberdiyev -54 kg) medaliga ega chiqdi.