locale OZ

Tarixiy natija! O'zbek dzyudochilarining bari shohsupaga ko`tarildi. Musobaqani 14 ta medal bilan yakunladik!

III Yoshlar Osiyo o‘yinlarining ikkkinchi kungi bellashuvlari omadli keldi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Tarixiy natija! O'zbek dzyudochilarining bari shohsupaga ko`tarildi. Musobaqani 14 ta medal bilan yakunladik!
photo: Judo Uzbekistan

Bahrayn davlatida o‘tkazilayotgan yoshlar o‘rtasidagi III Yoshlar Osiyo o‘yinlarining ikkkinchi kungi bellashuvlari O`zbekiston delegatsiyasi qatori dzyudochilarimiz uchun ham omadli keldi.

Quvonarlisi shundaki, bugun tatamiga chiqqan dzyudochilarimizning bari shohsupaga ko`tarildi. Ular 5 ta oltin, 2 ta kumush, 1 ta bronza medalini qo‘lga kiritishdi. Ikki kunlik bellashuvlarda 7 ta oltin, 4 ta kumush, 3 ta bronza medaliga sazovor bo`ldik.

Bu tarixiy natija evaziga, ya`ni medallar jamg`arish bo`yicha O`zbekiston terma jamoasi dzyudo bahslarida umumjamoa hisobida mutlaq birinchi o`rinni egalladi.

Barcha g`olib va sovrindorlarimiz:

Oltin medallar
-40 kg: Dilafro‘z Boltaboyeva
-55 kg: Abubakr Sattorov
-57 kg: Gulsanam Hazratova
-73 kg: Mirzohid Xudoyqulov
-81 kg: Samandar Sunnatov
-90 kg: Joʻrabek Eshpoʻlatov
+90 kg: Alibek Durdiyev

Kumush medallar
-44 kg: Alina Kolyucheva
-60 kg: Davlat Axrorov
-70 kg: Shohista Toʻrayeva
+70 kg: Xonzodabegim Usmonqulova

Bronza medallar
-50 kg: Shohjahon Usmonov
-52 kg: Zuhra Alimova
-63 kg: Maftuna Ahmedova

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting