locale OZ

Tarixiy natija: Akbarali Abduvaliyev U-23 Jahon chempionati sovrindoriga aylandi!

Germaniyaning Duysburg shahrida para akademik eshkak eshish bo‘yicha U-23 yosh toifasidagi Jahon chempionati nihoyasiga yetdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Tarixiy natija: Akbarali Abduvaliyev U-23 Jahon chempionati sovrindoriga aylandi!
Photo: Para Olimpiyada

O'zbekistonlik sportchi tomonidan tarixiy natija qayd etildi. Gap shundaki, Akbarali Abduvaliyev U-23 Jahon chempionati sovrindoriga aylandi!

Germaniyaning Duysburg shahrida para akademik eshkak eshish bo‘yicha U-23 yosh toifasidagi Jahon chempionati nihoyasiga yetdi. Musobaqada ishtirok etgan O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Akbarali Abduvaliyev bronza medaliga ega chiqdi.

Jahon chempionati doirasida PR3 M1X dasturida startga chiqqan hamyurtimiz final bosqichida 08:05.84 soniyada marra chizig'ini kesib o'tib, Fransiya va Germaniya vakilini ortda qoldirgan holda shohsupaning uchinchi pog'onasidan joy oldi.

1-o'rin. Sem Stanell (Avstraliya) — 07:27.73
2-o'rin. Igor Zappa (Italiya) — 07:56.81
3-o'rin. Akbarali Abduvaliyev (O‘zbekiston) — 08:05.84.

Bu o'zbek para akademik eshkak eshish sporti uchun tarixiy natijaga aylandi. Boisi, mazkur medal vakillarimizning yoshlar o'rtasidagi dunyo birinchiliklarida qo'lga kiritgan dastlabki medaliga aylandi.

Eng so'nggi xabar va yangiliklarni sports24.uz sayti orqali kuzatib boring.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting