locale OZ

Tanzila Narbayeva “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlandi

Qozog‘iston Prezidenti ikki xalq do‘stligiga qo‘shgan hissasini yuksak baholadi
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: velosport.uz

Oliy Majlis Senati va O‘zbekiston velosport federatsiyasi raisi Tanzila Narbayeva boshchiligidagi parlament delegatsiyasi rasmiy tashrif bilan Qozog‘istonda bo‘lib turibdi. Tashrif davomida u Qozog‘iston Parlamenti Senati raisi Maulen Ashimbaev va Majlis raisi Yerlan Koshanov bilan uchrashuvlar o‘tkazdi, shuningdek, Prezident Qosim-Jomart To‘qaev qabulida ham bo‘ldi.

Suhbatlarda ikki davlat o‘rtasidagi strategik sheriklik, parlamentlararo hamkorlik va yaxshi qo‘shnichilik masalalari muhokama etildi.

Qozog‘iston Prezidenti Tanzila Narbayeva O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi do‘stlik rishtalarini mustahkamlashdagi shaxsiy xizmatlarini yuqori baholab, uni 2-darajali “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirladi.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting