Tanishing, raqibimiz — Avstraliya
Avstraliya futzali ancha erta rivojlana boshlagan. Terma jamoa ilk rasmiy uchrashuvini 1989 yilda AQSHga qarshi o‘tkazib, 1:1 hisobida durang qayd etgan.
Qiziqarli faktlar:
• Eng yirik g‘alaba: 1996 yil, Samoa — 23:1
• Eng yirik mag‘lubiyat: 2001 yil, Italiya — 1:13
• Jahon chempionati: 7 marta final bosqichida
• Eng yaxshi natija: 11-o‘rin (ilk mundial)
Avstraliya OFKdan AFKga (Osiyo) o‘tgach, mundial yo‘llanmasi uchun raqobatda ancha qiynalmoqda. Natijada yashil qit`a vakillari 4 marta Jahon chempionatini o‘tkazib yuborishdi.
Osiyo kubogi:
• Ishtirok: 2006 yildan buyon
• Eng yaxshi natija: 2012 yil — 4-o‘rin
• O‘yinlar: 34 ta
• Natijalar: 16 g‘alaba | 1 durang | 17 mag‘lubiyat
• To‘plar nisbati: 93–118
O‘zbekiston - Avstraliya
Osiyo chempionatlari final bosqichida — 2 uchrashuv, 2 g‘alaba O‘zbekiston foydasiga ✅
Osiyo kubogidagi o‘zaro o‘yinlar:
• 2010 — O‘zbekiston 5:3 Avstraliya (chorak final)
• 2024 — O‘zbekiston 3:2 Avstraliya (guruh bosqichi)