locale OZ

Talabalar sporti tizimi rivojlantiriladi

Muzaffar Pazilov O‘zbekiston talabalar sporti assotsiatsiyasi Bosh kotibi etib saylandi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Talabalar sporti tizimini rivojlantirishga bag‘ishlangan konferensiya o‘tkazildi
Фото: Спорт вазирлиги

Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazida O‘zbekiston talabalar sporti assotsiatsiyasining navbatdan tashqari konferensiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Konferensiya kun tartibida Assotsiatsiyaning yangi tahrirdagi Ustavini tasdiqlash, Bosh kotibni saylash hamda Assotsiatsiyaning xalqaro sport tashkilotlariga a’zoligi masalalari ko‘rib chiqildi.

Yig‘ilish davomida oliy ta’lim muassasalarida tashkil etilgan sport klublari faoliyatini yanada takomillashtirish, sport klubi rais o‘rinbosarlarining kasbiy va amaliy ko‘nikmalarini oshirish masalalari yuzasidan fikr almashildi, shuningdek talabalar sportini rivojlantirish bo‘yicha uzoq muddatli strategiyalar belgilab olindi.

Xususan, bundan buyon Assotsiatsiya oliy ta’lim muassasalari sport klublarini Butunjahon universitetlari sporti federatsiyasi (FISU) standartlariga moslashtirish, sport klublarida FISU dasturlarini joriy etish hamda ular orqali universitetlarning xalqaro miqyosdagi brendi, imiji va reytingini oshirishni o‘z oldiga asosiy maqsad qilib qo‘ydi.

Konferensiya yakunida umumiy ovoz berish natijalariga ko‘ra Muzaffar Pazilov O‘zbekiston talabalar sporti assotsiatsiyasi Bosh kotibi etib saylandi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting