Talabalar o’rtasida jismoniy tayyorgarlik sinovlari o’tkazildi
Tadbir jarayonlari hakamlar hay’ati tomonidan shaffof va xolis baholab borildi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Фото: Андижон спорт бошқармаси
7-may kuni Andijon davlat pedagogika instituti talabalari o‘rtasida “Jismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlash” sport sinovlari o‘tkazildi.
Ta’kidlash joizki, ushbu sport sinovlari talaba-yoshlarning jismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlash, ularni sog‘lom turmush tarziga keng jalb etish, sportga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish hamda jismoniy faollikni rag‘batlantirish maqsadida tashkil etildi.
Unda talabalar faol ishtirok etib, o‘zlarining jismoniy imkoniyatlari, chidamliligi va chaqqonligini namoyon etdilar.
Sinovlar davomida ishtirokchilar turli jismoniy mashqlarni bajarish orqali o‘z mahoratini sinovdan o‘tkazdilar. Tadbir jarayonlari hakamlar hay’ati tomonidan shaffof va xolis baholab borildi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist