locale OZ

Talabalar milliy kurash bo‘yicha sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritdi

Alimardon Abdulaxatov “Prezident sovg‘asi” Damas avtomashinasi sohibiga aylandi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Talabalar milliy kurash bo‘yicha sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritdi
Фото: Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Surxondaryo viloyatining Boysun tumanida o‘tkazilayotgan “Boysun bahori” xalqaro folklor festivali doirasida tashkil etilgan milliy kurash musobaqalarida oliy ta’lim muassasalari talabalari ham yuqori natijalarni qayd etdi.

Qizg'in va murosasiz kechgan bellashuvlarda talabalar o‘z mahorati va jismoniy tayyorgarligini namoyon etish barobarida sovrinli o‘rinlarni ham qo‘lga kiritdi.

81 kg vazn toifasida Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Jismoniy madaniyat yo‘nalishi 3-bosqich talabasi Alimardon Abdulaxatov g‘oliblikni qo‘lga kiritib, bosh sovrin — “Prezident sovg‘asi” Damas avtomashinasi sohibiga aylandi.

66 kg vazn toifasida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti talabasi Asadbek Mohirov 1-o‘rinni egalladi.

Shu vazn toifasida Termiz davlat universiteti talabasi Akobir Qurbonov faxrli 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting