locale OZ

“Talabalar ligasi” sport musobaqalarining kurash bo‘yicha Respublika finalining rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
 “Talabalar ligasi” sport musobaqalarining kurash bo‘yicha Respublika finalining rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi
PHOTO: Telegram

Joriy yilning 17-20 may kunlari “Talabalar ligasi” sport musobaqalarining kurash bo‘yicha Respublika final bosqichi Urganch davlat universitetida o‘tkazilmoqda.

Bugun musobaqaning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda UrDU rektori v.v.b. S.Xodjaniyazov, O‘zbekiston talabalari sport assotsiatsiyasining birinchi prezidenti E.Qodirov hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi Xorazm viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i Z.Sa‘dullayev so‘zga chiqib, “Talabalar ligasi” sport musobaqalarining yoshlar orasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, vatanparvarlik va jamoaviylik ruhini kuchaytirishdagi o‘rni katta ekanini ta’kidlab o‘tishdi.

Sport musobaqalari nafaqat jismoniy salohiyatni oshirish, balki talabalarning o‘zaro do‘stlik aloqalarini mustahkamlashga ham xizmat qilishi qayd etildi. Bugungi kunda sportga bo‘lgan davlat e’tibori ortib borayotgani va bu kabi musobaqalar talabalarga katta rag‘bat bo‘lishini ta’kidlandi.

Ochilish marosimi yakunida musobaqa rasmiy ochiq deb e’lon qilindi va kurash bo‘yicha dastlabki bahslar boshlandi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting