Talabalar ligasi: Shaxmat bo‘yicha Respublika final bosqichi o‘tkazildi
Toshkent kimyo-texnologiya institutida shaxmat sport turi bo‘yicha Talabalar ligasi sport musobaqalarining Respublika final bosqichi bo‘lib o‘tdi. Musobaqada Toshkent shahri hamda hududlardan tashrif buyurgan jami 28 nafar oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘zaro bellashdi.
Tadbirda O‘zbekiston talabalar sporti assotsiatsiyasi raisi o‘rinbosari Erkin Qodirov, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Ma’naviyat boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Alisher Islomov, Sport vazirligi mas’ul xodimlari ishtirok etdi.
Musobaqa yakunlariga ko‘ra, erkaklar o‘rtasida umumjamoa hisobida:
1-o‘rin — Navoiy viloyati
2-o‘rin — Qoraqalpog‘iston Respublikasi
3-o‘rin — Toshkent viloyati
Ayollar o‘rtasida umumjamoa hisobida esa:
1-o‘rin — Toshkent shahri
2-o‘rin — Navoiy viloyati
3-o‘rin — Toshkent viloyati