Tailandda o‘g‘il bolalar va qizlar o‘rtasida shaxmat bo'yicha Osiyo chempionati davom etmoqda
Shu yilning, 20–30 noyabr kunlari Tailandning Bangkok shahrida shaxmat bo‘yicha 8–18 yoshgacha o‘g‘il bolalar va qizlar o‘rtasida 27-Osiyo chempionati bo‘lib o‘tmoqda.
Ma’lumot uchun, ushbu chempionat 2024 yilda Qozog‘istonda o‘tkazilgan bo‘lib, unda O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari 3 ta medalni qo‘lga kiritgan edi.
Mazkur musobaqada 32 mamlakatdan 700 nafar shaxmatchi ishtirok etayotgani, shundan 36 nafari o‘zbek shaxmatchilari ekanligi alohida e’tiborga loyiq.
Ma’lumot o‘rnida, bu yilgi chempionatda O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan asosiy tarkib vakillari 2025 yil yanvar–fevral oylarida o‘tkazilgan 8–18 yoshgacha O‘zbekiston chempionatining standart yo‘nalishida 2-o‘rinni egallagan shaxmatchilar hisoblanadi.
Musobaqada 1-, 2-, 3-o‘rinlarni egallagan, shuningdek belgilangan reyting talablarini bajargan shaxmatchilarga Xalqaro shaxmat federatsiyasi (FIDE) tomonidan xalqaro unvonlar to‘g‘ridan to‘g‘ri beriladi.