Taekvondochilarimiz “Korea Open” turnirini bugun boshlaydi
Chuncheondagi G2 toifasidagi xalqaro musobaqaning birinchi kunida 7 nafar hamyurtimiz dayangga chiqadi
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Olamsport.uz
Koreya Respublikasining Chuncheon shahrida 2025 yilgi “Chuncheon Korea Open” turniri start oldi. Taekvondo WT yo‘nalishidagi ushbu xalqaro musobaqa G2 toifasida o‘tkaziladi va unda turli davlatlardan etakchi sportchilar ishtirok etmoqda.
Bugun, musobaqaning birinchi kunida, erkaklar –54 kg, –58 kg, –80 kg va +87 kg, shuningdek, ayollar –46 kg, –53 kg, –62 kg va –67 kg vazn toifalarida g‘oliblik uchun bahslar o‘tkaziladi.
15 iyul kuni dayangga chiqadigan o‘zbekistonlik sportchilar:
– Jahongir Xudoyberdiyev (54 kg)
– Mirdiyor Mirayimov (58 kg)
– Omonjon Otajonov (58 kg)
– Kamron Mansurov (58 kg)
– Madina Shoniyozova (46 kg)
– Sevinch Hayitova (62 kg)
– Ozoda Sobirjonova (67 kg)
Bakradze Iman
Redaktor