locale OZ

Taekvondochilarimiz Austrian Open xalqaro musobaqasida 13 ta medal qo‘lga kiritishdi, ulardan 5 tasi — oltin

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Gazeta.uz

Avstriyaning Insbruk shahrida taekvondo WT bo‘yicha G1 toifasiga kiruvchi Austrian Open xalqaro turniri bo‘lib o‘tdi. Unda 50 dan ortiq davlatdan kelgan 800 ga yaqin sportchi ishtirok etdi. O‘zbekiston milliy terma jamoasi mazkur musobaqada keng tarkibda qatnashib, umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Sportchilarimiz jami 13 ta medal — 5 ta oltin, 4 ta kumush va 4 ta bronza medalga ega chiqishdi.

Oltin medal sohiblari:
• Nazarali Nazarov (63 kg)
• Yodgor Jo‘raboyev (87 kg)
• Madina Mirabzalova (57 kg)
• Ozoda Sobirjonova (67 kg)
• Svetlana Osipova (+73 kg) — Parij-2024 Olimpiadasi kumush medali sohibasi

Kumush medal sohiblari:
• Jahongir Xudoyberdiyev (54 kg)
• Kamron Mansurov (58 kg)
• Azizbek Abduqodirov (87 kg)
• Marat Mavlonov (+87 kg)

Bronza medal sohiblari:
• Omonjon Otajonov (58 kg)
• Najmiddin Qosimxojiyev (74 kg)
• Zuhra Tojimatova (46 kg)
• Shabona Abduvaliyeva (57 kg)

O‘zbekiston terma jamoasi musobaqadagi yuqori natijalari orqali yana bir bor o‘z salohiyatini namoyon etdi. Taekvondochilarimizni yuksak natijalar bilan tabriklaymiz!

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting