locale OZ

Taekvondochilarimiz \"Albania Open\" turnirida 15 ta medal qo‘lga kiritishdi, ulardan 10 tasi oltin!

Jahon chempionati oldidan kayfiyatni ko‘tarinki ruhga olib chiqishdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Taekvondochilarimiz "Albania Open" turnirida 15 ta medal qo‘lga kiritishdi, ulardan 10 tasi oltin!
photo: Taekwondo WT

Ma’lum qilganimizdek, Tirana shahrida tashkil etilgan G1 toifasidagi musobaqada Pavel Xan boshchiligidagi milliy terma jamoamiz ham katta tarkibda ishtirok etdi.

Ahamiyatlisi, sportchilarimiz turnirda 10 ta oltin, 1 ta kumush va 4 ta bronza, jami 15 ta medalga ega chiqishib, Jahon chempionati oldidan kayfiyatni ko‘tarinki ruhga olib chiqishdi.

"Albania Open" turnirining g‘olib va sovrindorlari:

Oltin:

Jahongir Xudoyberdiyev (54 kg)
Diyorbek To‘xliboyev (68 kg)
Najmiddin Qosimxojiyev (74 kg)
Jasurbek Jaysunov (80 kg)
Shuhrat Salayev (87 kg)
Marat Mavlonov (+87 kg)
Laylo Xasanova (49 kg)
Madina Mirabzalova (57 kg)
Ozoda Sobirjonova (67 kg)
Svetlana Osipova (+73 kg).

Kumush:

Nazarali Nazarov (63 kg).

Bronza:

Omonjon Otajonov (58 kg)
Shamsiddin Qurbonov (63 kg)
Islom Rajabov (74 kg)
Sevinch Hayitova (62 kg).

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting